Qoidalar

Savdo qoidalari

Kuchga kirgan sana: 5-noyabr 2026. Barcha hisoblar simulyatsiya hisoblari: buyurtmalar real bozorga yuborilmaydi, siz faqat baholash narxini to'laysiz.

1. Umumiy qoidalar

  1. Barcha hisoblar simulyatsiya hisoblari. Buyurtmalar real bozorga yuborilmaydi; treyder faqat baholash narxini to'laydi.
  2. Bir odamga bitta hisob: bir vaqtda faqat bitta baholash yoki mukofot hisobi bo'ladi; hisob yopilgandan yoki yakunlangandan keyin yangisini sotib olish mumkin. Shaxs MyID orqali tasdiqlanadi.
  3. $2.5K Boshlang'ich tarifini bir odam faqat bir marta sotib oladi.
  4. Barcha to'lovlar so'mda, Click yoki Payme orqali; kurs — to'lov kunidagi Markaziy bank kursi.
  5. Baholashda vaqt cheklovi yo'q.
  6. Savdo kuni — kamida bitta savdo ochilgan kun. Kun Nyu-York vaqti bilan 17:00 da almashadi: Toshkentda qishda 03:00, yozda 02:00.
  7. Nofaollik: 30 kun davomida birorta savdo ochilmasa, hisob yopiladi (7 va 3 kun qolganda ogohlantiriladi). Muzlatilgan kunlar hisoblanmaydi.
  8. Ta'til rejimi: barcha bosqichlarda hisobni kabinet orqali muzlatish mumkin — bir martada kamida 7 kun, yiliga jami 90 kungacha. Shart: ochiq pozitsiya va kutilayotgan order bo'lmasligi kerak (mukofot hisobida — kutilayotgan to'lov so'rovi ham). Muzlatilganda savdo o'chiq, mukofot hisobida 14 kunlik to'lov davri ham to'xtaydi.

2. 2 bosqichli baholash

Maqsad: 1-bosqichda +8%, 2-bosqichda +5%. Har bosqichda kamida 3 savdo kuni. Eng yaxshi kun qoidasi yo'q.

HisobNarx1-bosqich2-bosqichKunlik limit (5%)Umumiy limit (10%)
$2.5K Boshlang'ich299 000 so'm$200$125$125$250
$5K499 000 so'm$400$250$250$500
$10K879 000 so'm$800$500$500$1 000
$15K1 290 000 so'm$1 200$750$750$1 500

3. 1 bosqichli baholash

Maqsad +10%, kamida 3 savdo kuni. Eng yaxshi kun umumiy foydaning 50% idan oshmasligi kerak — baholashda ham, mukofot hisobida ham. Qoida yumshoq: oshsa hisob yopilmaydi, boshqa kunlardagi foyda ulushni 50% gacha tushirguncha o'tish yoki to'lov kechikadi.

HisobNarxMaqsadKunlik limit (3%)Umumiy limit (6%)
$5K719 000 so'm$500$150$300
$10K1 159 000 so'm$1 000$300$600
$15K1 590 000 so'm$1 500$450$900

4. Limitlar qanday hisoblanadi

  1. Kunlik limit — summasi o'zgarmaydi: boshlang'ich hisobning 5% i (1 bosqichlida 3%). Kun boshidagi balansdan joriy qiymat (ochiq pozitsiyalar natijasi bilan) shu summadan ko'p pastga tushsa, hisob yopiladi.
  2. Umumiy limit — o'zgarmas chegara: boshlang'ich hisobdan 10% past (1 bosqichlida 6%). Foyda oshgani bilan chegara ko'tarilmaydi.
  3. Ikkala limit baholashda ham, mukofot hisobida ham bir xil amal qiladi.

Misol: $10K hisob. Kun boshida balans $10 200 — qiymat $9 700 ga tushsa, kunlik limit buziladi. Qiymat $9 000 ga tushsa, umumiy limit buziladi.

5. Risk qoidalari

  1. Zararni cheklash (stop-loss) majburiy, barcha hisoblarda. Pozitsiya ochilgandan keyin 2 daqiqa ichida qo'yiladi. Qo'yilmasa, terminal o'zi 3% risk chegarasiga qo'yadi va ogohlantiradi.
  2. Ochiq risk ≤ 3%. Barcha ochiq pozitsiyalar va kutilayotgan orderlarning umumiy riski (kirish narxidan stop-loss gacha) hisobning 3% idan oshmasligi kerak. Kutilayotgan order joylashtirilgan paytdan hisoblanadi; limitdan oshadigan order qabul qilinmaydi.
  3. Stop-loss'ni riskni oshiradigan tomonga surish ham 3% bo'yicha tekshiriladi.
  4. Marja yetmasa, yangi pozitsiya ochilmaydi.

6. Mukofot hisobi

To'lov1-chi2-chi3-chi4-chi5-chi va keyin
Mukofot ulushi80%82,5%85%87,5%90%
  1. Birinchi to'lov mukofot hisobidagi birinchi savdodan 14 kun keyin, keyin har 14 kunda so'raladi.
  2. To'lovsiz o'tgan davr ulushni pasaytirmaydi — faqat o'sishini to'xtatadi.
  3. Bir to'lovda hisoblanadigan foyda — hisob hajmining 5% igacha ($10K da $500). Ortig'i keyingi to'lovga o'tadi. Eng kam to'lov — hisob hajmining 0,5% i ($10K da $50).
  4. Baholash narxi birinchi mukofot bilan to'liq qaytariladi.
  5. Har to'lovdan oldin savdolar qo'lda tekshiriladi; tasdiqlangan mukofot 24–48 soatda Click yoki Payme orqali kartaga tushadi.
  6. Yangiliklar: ForexFactory iqtisodiy taqvimida qizil (yuqori ta'sirli) belgilangan yangilik yoki nutqdan 2 daqiqa oldin va 2 daqiqa keyin, shu valyutadagi instrumentlarda savdo ochish va yopish mumkin emas. Buzilsa — shu savdo foydasi mukofotdan chiqariladi; takrorlansa — hisob yopiladi. Baholashda cheklov yo'q.
  7. Dam olish kunlari: juma kuni har bir instrument o'z yopilishidan 5 daqiqa oldin ochiq pozitsiyalar avtomatik yopiladi. Bu qoida buzilishi hisoblanmaydi. Baholashda pozitsiyani dam olish kunlariga qoldirish mumkin.

7. Taqiqlangan usullar va oqibatlari

  • Yuqori chastotali savdo (HFT); narx kechikishi yoki narx xatolaridan foydalanish.
  • Hisoblar o'rtasida qarama-qarshi savdo — o'zingizning yoki boshqa odamning hisobida.
  • Boshqa treyder yoki signal savdolarini ko'chirish, guruh bo'lib bir xil savdo qilish.
  • Birovning hisobida savdo qilish yoki o'z hisobini boshqaga berish; bir odamga bir nechta hisob.
HolatOqibat
Kunlik yoki umumiy limit buzildiHisob darhol yopiladi, ochiq pozitsiyalar yopiladi
Yangilik qoidasi buzildi (mukofot hisobida)Shu savdo foydasi mukofotdan chiqariladi; takrorlansa — hisob yopiladi
Taqiqlangan usul aniqlandiHisob yopiladi, shu davr mukofoti to'lanmaydi
Firibgarlik (soxta hujjat, birovning nomidan hisob)Barcha hisoblar yopiladi, to'lanmagan mukofotlar bekor

Avval berilgan sertifikatlar va to'langan mukofotlar saqlanadi. Yangi baholashni istalgan vaqtda boshlash mumkin (firibgarlikdan tashqari).

8. Instrumentlar va yelka

Instrumentlar2 bosqichli1 bosqichli
Valyuta juftlari (15 ta)1:1001:50
Oltin, kumush1:301:30
Indekslar (US30, NAS100, SPX500, GER40, UK100)1:201:20
AQSh aksiyalari1:51:5

Kripto yo'q.

9. Unvonlar va sertifikatlar

UnvonQachonSertifikat
Nomzod treyderBaholash davomida2 bosqichlida 1-bosqichdan o'tganda — 1-bosqich sertifikati
Tasdiqlangan treyderBaholashdan o'tib, MyID'dan keyinBaholash sertifikati
Oltin treyder3 ta mukofot to'lovidan keyinOltin treyder sertifikati
Hisob yopilganQoida buzilganda—
  • Har mukofot to'lovidan keyin summa ko'rsatilgan Mukofot sertifikati beriladi.
  • Unvon treyderga tegishli: eng yuqori unvon ko'rsatiladi, hisob yopilsa ham saqlanadi.
  • Har sertifikatda raqam va QR-kod bor; haqiqiyligi sertifikatni tekshirish sahifasida tekshiriladi.

10. O'zgartirish tartibi va ma'lumotlar

  1. Narx yoki qoida o'zgarishi kamida 7 kun oldin saytda va Telegram kanalida e'lon qilinadi; ko'pi bilan 3 oyda bir marta.
  2. Sotib olingan hisoblar sotib olingan kundagi qoidalar bilan davom etadi.
  3. Pilot bosqichidan 3 oy o'tgach narxlar, maqsadlar va limitlar natijalar asosida qayta ko'rib chiqiladi; o'zgarish bo'lsa, 1-band tartibida e'lon qilinadi.
  4. Mukofot faqat simulyatsiya natijalaridan hisoblanadi. Savdo ma'lumotlaridan foydalanish tartibi maxfiylik siyosatida.
  5. Shaxsiy ma'lumotlar O'zbekistondagi serverlarda saqlanadi.

Savollar bo'lsa, yozing: info@alxudoyorov.uz